Xusiylar Yaqin Sharqdagi urushga qoʻshilganini eʼlon qildi
Yamandagi guruh tomonidan Isroil janubidagi harbiy nishonlarga ballistik raketalar uchirilgan.

Yamanda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan xusiylar (Ansorolloh harakati) 28 fevralda boshlangan Qoʻshma Shtatlar, Isroil va Eron oʻrtasidagi urushga kirdi.
Xusiylar harbiy vakili Yahyo Sari Amerikaning X ijtimoiy tarmoq akkauntida videomurojaat joylashtirdi.
Sarining xabar berishicha, husiylar 28 fevralda urush boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga raketa otgan.
"Biz birinchi harbiy operatsiyamizni bosib olingan Falastinning janubidagi Isroil harbiy nishonlariga qarshi ballistik raketalar yordamida amalga oshirdik", dedi u.
Sari hujum Eron va Livan "Hizbulloh"ining zarbalari bilan bir vaqtda amalga oshirilganini va maqsadiga erishganini taʼkidladi.
"Avval aytib oʻtilganidek, operatsiyalar Eron, Livan, Iroq va Falastindagi qarshilik frontlarini qoʻllab-quvvatlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv maqsadlariga erishilgunga qadar va ushbu frontlarning barchasiga hujumlar toʻxtaguncha davom etadi", deb taʼkidladi u.
Oldingi kuni xusiylar agar biron bir koalitsiya AQSh yoki Isroil tomonida Eronga qarshi urushda ishtirok etsa yoki Qizil dengiz shu maqsadlar uchun ishlatilsa, toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuvga murojaat qilishlari bilan tahdid qilishgandi.
