platina.uz
Sport

Ukraina terma jamoasi oʻgʻrilar hujumiga uchradi

Hodisa 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Shvetsiyaga qarshi pley-off oʻyini oldidan sodir boʻlgan. 

Ukraina terma jamoasi oʻgʻrilar hujumiga uchradi

Futbol boʻyicha Ukraina terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyini oldidan talonchilikka uchradi.

Record gazetasining xabar berishicha, Ukraina milliy futbol jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Shvetsiyaga qarshi pley-off yarim final oʻyini oldidan oʻgʻrilar hujumiga duch kelgan.

Manbaga koʻra, oʻgʻrilar Ispaniyaning Benidorm shahridagi jamoa oʻyinga tayyorgarlik koʻrayotgan mehmonxonaga bostirib kirishgan.

Oʻyinchilar va murabbiylar shtabi qimmatbaho soatlar, bir necha ming yevrolik hashamatli buyumlar va naqd pul yoʻqolganini aniqlagan. Oʻgʻirlik futbolchilar va milliy terma jamoa rasmiylari mehmonxona tashqarisida boʻlgan paytda sodir boʻlgan.

Oʻyin esa 26 mart kuni boʻlib oʻtdi va Shvetsiyaning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid