platina.uz
Jahon

Tramp Erondan keyingi "nishon"ga ishora qildi

Mayamida nutq soʻzlagan AQSh rahbari Kuba haqida gapirdi. 

Tramp Erondan keyingi "nishon"ga ishora qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi mojaro haqida gapirayotib, Kubani "keyingi" deb atadi.

"Kuba keyingisi", deya taʼkidladi Tramp. AQSh prezidenti aynan nimani nazarda tutayotganini aniq aytmadi.

Soʻnggi vaqtlarda Kuba atrofidagi vaziyat ham keskinlashib bormoqda. Tramp Venesueladan keyin Kuba navbatdagi nishon boʻlishini taʼkidlab kelardi.

Tramp Florida shtatining Mayami shahrida boʻlib oʻtgan investitsiya forumida nutq soʻzladi.

Trampning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Eron bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning taʼkidlashicha, "agar biz biror narsani hal qila olsak, juda yaxshi boʻlardi".

U shuningdek, Yaqin Sharq "yangi ozodlik davriga yaqin" ekanligini aytdi.

MC NOW maʼlumotlariga koʻra, Tramp Eronga qarshi AQSh-Isroil operatsiyasiga qiziqishini yoʻqotgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid