platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasi tasdiqlandi

Poytaxt hokimida 12 nafar oʻrinbosar mavjud boʻladi. Ular orasida ikkita birinchi oʻrinbosar (iqtisodiyot va qurilish-ekologiya), kanallardan foydalanish boʻyicha oʻrinbosar kabilar bor. 

Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasi tasdiqlandi

Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda hokim Shavkat Umrzoqovning tegishli qarori eʼlon qilindi.

Qaror 2026 yil 27 mart kuni chiqqan. Unga koʻra, poytaxt hokimida 12 nnafar oʻrinbosar mavjud boʻladi. Ular orasida ikkita birinchi oʻrinbosar (iqtisodiyot va qurilish-ekologiya), kanallardan foydalanish boʻyicha oʻrinbosar, xotin-qizlar, jamoat va diniy tashkilotlar boʻyicha oʻrinbosar va boshqalar bor.

Shuningdek, hokimga olti nafar maslahatchi boʻladi. Ular harbiy, til masalalari boʻyicha, qurilish va sunʼiy intellekt boʻyicha boʻladi. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 102 ta.

Tuman hokimliklari oʻzlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimligi Tashkiliy- kadrlar guruhi rahbari vazifasini bajaruvchi X.Turgʻunov zimmasiga yuklangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid