platina.uz
Jamiyat

Namanganda soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoiy ish ochildi

U MChJlardan birining 376 mln soʻmdan oshiq soliq qarzdorligini bartaraf etish va pora boʻyicha ishga aralashgan. 

Namanganda soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoiy ish ochildi

Chust tumani soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Chust tumanida yashovchi, 1992 y.t. ayol savdo sohasida faoliyat koʻrsatuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisining ishonchiga kirib, MChJning 376,6 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligini ushbu tizimda ishlovchi tanishlari yordamida bartaraf qilib berish evaziga, undan 20 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur noqonuniy ishga Chust tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid