Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimidan ketdi
Akmal Savurboyev 2022 yilda mazkur lavozimga tayinlangan edi.

Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Savurbayev Akmal Abdumuminovich lavozimidan ozod etildi.
Viloyat hokimi tomonidan imzolangan hujjatda qayd etilishicha, u boshqa ishga oʻtgan.
Savurboyevning yangi ish joyi va uning oʻrniga kim tayinlangani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.
