platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Imomali Rahmonni kutib oldi

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham koʻzda tutilgan. 

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Imomali Rahmonni kutib oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Tojikiston sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi.

Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari mamlakatimizda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Oliy martabali mehmon sharafiga milliy qoʻshiq va raqslar ijro etildi.

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid