Qoʻqonda er-xotin narkokurerlar qoʻlga olindi
Quvasoyda esa qoʻshni davlat fuqarosi bilan aloqa bogʻlagan holda giyohvand moddalarni tarqatmoqchi boʻlgan transmilliy jinoiy guruh aniqlangan.

Transmilliy jinoyat uyushmalar orqali katta miqdorda giyohvand moddalarning Oʻzbekiston hududiga olib kirilishiga chek qoʻyildi.
Tegishli organlar oʻtkazgan tadbirda muqaddam sudlangan, 1987 yilda tugʻilgan fuqaro transmilliy jinoiy toʻda vakili ekani aniqlandi. U bu ishga turmush oʻrtogʻini ham sherik qilib kelgan. Qoʻqon shahridagi tadbirda ular 4 kg 454 gr gashish mmoddasi bilan ushlandi.
Ularning uyi tekshirilganda, yotoqxonadan gashish, opiy moddalari, 15 ming AQSh dollari va 72 mln soʻm topildi. Holat yuzasidan JKning 273-moddasi bilan ish ochildi.
Shuningdek, boshqa tadbirda qoʻshni davlat fuqarosi bilan aloqa bogʻlaganlar ushlandi. 1994 y.t va 2008 y.t fuqarolar Quvasoyda 5 kg dan oshiq gashishni olayotganda ushlandi. Tadbir davomida qolgan ishtirokchilar va 6 kgdan oshiq gashish aniqlandi.
