platina.uz
JCh-2026

JCh-2026: Yevropada oʻtish oʻyinlari finalchilari maʼlum boʻldi

Turkiya va Italiya gʻalaba qozongan boʻlsa, tashkil topilganiga koʻp boʻlmagan Kosovo sensatsion tarzda Slovakiyani magʻlub etdi.

JCh-2026: Yevropada oʻtish oʻyinlari finalchilari maʼlum boʻldi

Kecha tunda Yevropada jahon chempionati yoʻllanmasi uchun oʻtish oʻyinlarining yarim final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Turkiya, Italiya, Shvetsiya, Polsha, Bosniya va Gersegovina, Kosovo, Daniya va Chexiya finalga yoʻl oldi. Tashkil topilganiga koʻp boʻlmagan Kosovo sensatsion tarzda Slovakiyani magʻlub etdi.

Yevropa, JCh-2026 oʻtish oʻyinlari, yarim final

  • Turkiya - Ruminiya - 1:0
  • Italiya - Shimoliy Irlandiya - 2:0
  • Uels - Bosniya va Gersegovina - 1:1 (pen. 2:4)
  • Ukraina - Shvetsiya - 1:3
  • Polsha - Albaniya - 2:1
  • Slovakiya - Kosovo - 3:4
  • Daniya - Shimoliy Makedoniya - 4:0
  • Chexiya - Irlandiya - 2:2 (pen. 4:3)

Oʻtish oʻyinlarining final bosqichi 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. Barcha oʻyinlar Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

  • Final A: Bosniya va Gersegovina - Italiya
  • Final V: Shvetsiya - Polsha
  • Final S: Kosovo - Turkiya
  • Final D: Chexiya - Daniya

A final gʻolibi JCh-2026 guruh bosqichida V guruhiga, V final gʻolibi F guruhiga, S final gʻolibi D guruhiga, D final gʻolibi esa A guruhiga tushadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid