platina.uz
Jamiyat

Ayrim turdagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston hududida saqlanishi shartligi belgilandi

Bunga shaxslarning biometrik va genetik maʼlumotlari ham kiradi. 

Ayrim turdagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston hududida saqlanishi shartligi belgilandi

Shaxsga doir maʼlumotlarning samarali himoya qilinishi taʼminlanadi.

Qonun (OʻRQ–1125-son, 26.03.2026 y.) bilan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, quyidagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston hududida saqlanishi shart:

- shaxslarning biometrik maʼlumotlari;

- shaxslarning genetik maʼlumotlari;

- Oʻzbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.

Yuqorida koʻrsatilmagan shaxsga doir maʼlumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilganda, Oʻzbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:

- chet davlatni shaxsga doir maʼlumotlarning bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi davlat sifatida tan olish;

- operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;

- roʻyxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid