AYoQShlar va boshqa joylarda naqdsiz toʻlov uchun sharoitlar yaratiladi
Dam olish kunlari xizmat koʻrsatishda muammo boʻlmaydi, shanba va yakshanba kunlari ham notarius va banklar ishlaydi.

1 apreldan naqd pulsiz hisob-kitoblar boshlanishiga tayyorgarlik koʻrish uchun AYoQShlarda va boshqa joylarda sharoitlar qilinadi. Markaziy bank raisi oʻrinbosari bu haqda maʼlum qildi.
Bu haqda Platina.uz muxbiri xabar bermoqda. Ayni paytda Hyatt Regency mehmonxonasida ayni shu mavzuda mediamuloqot boʻlyapti.
Markaziy bank raisi oʻrinbosarining aytishicha, eng avaalo joylarda naqd pulsiz hisoblar uchun infrastruktura toʻliq yangilanadi va barcha sharoitlar yaratiladi.
Dam olish kunlari xizmat koʻrsatishda muammo boʻlmaydi, shanba va yakshanba kunlari ham notarius va banklar ishlaydi.
Eslatib oʻtamiz, 1apreldan boshlab qiymati 25 mln soʻmdan oshiq kelishuvlar bank orqali toʻlov bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari doʻkonlari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari toʻliq naqdsiz shaklga oʻtadi.
