Yil boshidan beri kichik va oʻrta biznesga 557,1 mlrd soʻm kreditlar ajratildi
Mikrokreditbank tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026 yil rejalari toʻgʻrisida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha “Kelajakka qadam” dasturi (PQ-61) doirasida 2026 yilda 116,2 mlrd soʻm kredit ajratilishi natijasida 3 600 nafar bitiruvchining bandligini taʼminlash belgilangan.
Tashqi manbalar hisobidan jami 400 mln doll. mablagʻlar jalb qilinib, 150 mln doll. investitsiya loyihalariga hamda 175 mln doll. kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Bank tomonidan yil boshidan bugunga qadar 1,7 trln soʻm shundan, kichik va oʻrta biznesga 1,2 trln soʻm shundan, dasturlar doirasida 557,1 mlrd soʻm kreditlar ajratildi. Jumladan, aholi bandligi taʼminlashda yanvar-mart oyida 16 719 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan, 3 724 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 12 995 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi. Bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar (Uychi tajribasi) boʻyicha 9 852 nafar tadbirkorlar bilan 488 marotaba uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda koʻtarilgan 1 671 tasi ijobiy hal qilinishi natijasida 1 822 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
PQ-49 sonli qaror doirasida 2026 yilda jami aholiga (7 129 nafar) ijaraga berilgan 4 775 gektar (shundan, 2024-2025 yillarda 1 749 gektar va 2026 yilda 3 026 gektar) yer maydonida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 362 ta namunali loyihani amalga oshirish uchun 42 ta agregator tomonidan poliz va sabzavotlar yetishtirish uchun agregatorlarga 5 850 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratiladi.
Misol uchun, Toshkent viloyati Parkent tumani “Shampan” mahallasida 10 nafar yoshga (1 gektardan) ijaraga berilgan 10 gektar yer maydoniga pomidor ekiladi. Ekin yetishtirish boʻyicha “Transport Globus” korxonasi va yer egalari oʻrtasida fyuchers shartnomalari imzolanib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra birinchi ekinda 350 tonna mahsulot yetishtiriladi va har bir yoshlar 60 mln. soʻm daromad olishi rejalashtirilgan.
26 mart kuni Mikrokreditbank tomonidan Milliy matbuot markazida “Aholi bandligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026 yil rejalari” toʻgʻrisida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda bank boshqaruv aʼzolari, tegishli departament direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari, jurnalist hamda blogerlar ishtirok etdi.
Xususan, 2025 yilda bankning 92 ta hududiy boʻlinmasiga biriktirilgan 1 062 ta mahallada faoliyat olib borish uchun 320 ta “Mahalla bankiri”ga koʻmaklashish uchun, 1 062 nafar yordamchi agentlar shartnoma asosida ishlab kelmoqda (shundan, ayol 532 ta, erkak 530 ta).
Ajratilgan kreditlar boʻyicha
2025 yilda 10,2 trln soʻm, shundan, kichik va oʻrta biznesga 7,9 trln soʻm va dasturlar doirasida 4,2 trln soʻm kreditlar ajratildi. Shundan,
- PQ-312 sonli qaror doirasida 936 mlrd soʻm;
- “Biznesga birinchi qadam” 456,4 mlrd soʻm;
- Oilaviy tadbirkorlik dasturi 1,6 trln soʻm;
- “Mening mahallam” dasturi 1,1 trln soʻm.
Aholi bandligi taʼminlash borasida
2025 yilda 345 895 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan, 122 066 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 223 829 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Bank tomonidan aholiga taklif etilayotgan mikroloyihalar boʻyicha
2025 yilda 47 975 ta mikroloyihaga 905,1 mlrd soʻm kredit ajratilishi natijasida 98 305 ta ish oʻrni yaratildi. Shuningdek, kam daromadli 11 142 ta xonadonga 318 mlrd soʻmlik loyiha paketlari yetkazib berilib, 16 704 nafar aholi bandligi taʼminlandi.
Bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar (Uychi tajribasi)
2025 yilda bank 50 850 nafar tadbirkor bilan 3 275 marotaba uchrashuv oʻtkazib, koʻtarilgan 13 940 ta murojaat hal qilinishi natijasida 15 809 ta ish oʻrni yaratildi.
“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilida namunali loyihalar
Aholiga (5 210 nafar) ijaraga berilgan 1 747 gektar yer maydonida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 159 ta namunali loyihada 2,9 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishi natijasida daromadbop va eksportbop mahsulotlar ekildi. Natijada, 34 764 tonna mahsulot yetishtirildi, shundan 2 195 tonnasi eksport qilinib, umumiy hisobda 211,3 mlrd. soʻm daromad olindi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi
Bankning 181 ta hududiy boʻlinma rahbar va oʻrinbosarlari tomonidan 412 ta oilaning daromadi yaxshilanib, ijtimoiy reyestrdan chiqarildi. Bunda,
- doimiy ishga 137 nafar aholi joylashtirildi;
- tadbirkorlikka 84 nafar jalb etildli;
- kredit ajratildi 2 nafariga 229 mln soʻm;
- kasb-hunarga 4 nafari oʻqitildi;
- boshqa (ijtimoiy, tibbiy xizmat va taʼlim va toʻgarak) 185 nafariga koʻrildi.
Yordamchi agentlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar ish samaradorligini baholash maqsadida bankning “Mahalla mkb.uz” platformasi yaratilib ishga tushirildi.
Mahalla agentlari tomonidan 26,6 mingta plastik karta, 131 nafar aholidan 27,8 mlrd soʻm omonat, 2 704 nafar aholiga 822,3 mlrd soʻm kreditlar ajratilishiga koʻmaklashildi.
2026 yil uchun belgilangan vazifalar
Barcha manbalar hisobidan 11 trln soʻmlik kreditlar ajratiladi. Shundan kichik va oʻrta biznesga 7,4 trln soʻm, shundan dasturlar doirasida 4,8 tlrn soʻm kredit ajratilib, 140 minga yaqin loyiha amalga oshiriladi. Mahallalarni ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda biriktirilgan 1 062 ta mahallada 10,5 mingdan ortiq mikroloyihalarga 347 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratiladi.
“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 7 129 ta dehqon xoʻjaliklariga ijaraga berilgan jami 362 ta konturdagi 4 775 gektar yer maydonida agregator va koperativ aʼzolar tomonidan daromadbop hamda eksportbop mahsulotlar ekiladi.
