platina.uz
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik madaniyat xodimini mukofotladi

Soʻgʻd viloyati "Nuri niyogon" shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyevga "Doʻstlik" ordeni berildi. 

Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik madaniyat xodimini mukofotladi

Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati "Nuri niyogon" shashmaqom ansambli rahbari Nabiyev Shuhratjon Jurabekovich Oʻzbekistonning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti farmoni eʼlon qilindi.

U "Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish, azaliy doʻstlik, strategik sheriklik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish borasidagi katta xizmatlari, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati, maqom sanʼatini rivojlantirish va ommalashtirish, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosini dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etishdagi faol ishtiroki hamda mushtarak qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash va boyitish yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun" taqdirlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid