Oʻzbekiston va Tojikiston Ye-Permit tizimidan foydalanadi
Ikki davlat yetakchilari boshchiligida muhim hujjatlarni imzolash va almashish marosimi boʻldi.

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida Ye-Permit axborot tizimidan foydalanish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Oʻzbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yigʻilishidan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi boʻldi.
Mazkur tizim orqali ikki davlat oʻrtasidagi yuk tashuvlari boʻyicha ruxsatnoma blankalari elektron ayirboshlanadi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni ham imzoladilar.
Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar toʻplami, jumladan:
Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi;
Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisida bitim;
Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni oʻzlashtirishni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida bitim;
“Oʻzbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
2026-2028 yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
2026-2028 yillarda togʻ-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
2026-2027 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
2026-2028 yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
2026-2028 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
innovatsiya, davlat xizmati, moliya, taʼlim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi.
