Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
AQSh yetakchisi Oʻzbekiston rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga, shuningdek, Mayamida oʻtadigan G20 sammitiga taklif etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan maktub keldi.
Amerika yetakchisi oʻz maktubida davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida boʻlib oʻtgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishidagi ishtirokini yuksak baholadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani taʼkidlanib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirildi.
Oʻz navbatida, Prezident Donald Tramp davlatimiz rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga, shuningdek, Mayamida oʻtadigan G20 sammitiga taklif etdi.
"Yaratgan Sizni va Oʻzbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin", – deyiladi maktubda.
Eslatib oʻtamiz, G20 sammiti 2026 yil dekabr oyida boʻlib oʻtadi.
