"Barselona" sobiq futbolchisi Oʻzbekistonga kelishdan bosh tortdi
Gabon bosh murabbiyi futbolchini milliy terma jamoaga chaqirganini aytdi. Biroq, Per-Emerik Obameyang klubdagi faoliyatiga eʼtibor qaratishini aytib, chaqiruvni rad etdi.

"Barselona" sobiq futbolchisi Oʻzbekistonga kelishdan bosh tortdi.
Gabon terma jamoasi FIFA Series turnirida ishtirok etadi. Turnir yaqin kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtadi.
Ushbu milliy terma jamoaning yulduz futbolchisi Per-Emerik Obameyang Oʻzbekistonga qarshi Toshkentda oʻynamaydi. Futbolchi ilgari Afrika Millatlar Kubogidagi umidsiz oʻyinidan soʻng milliy terma jamoadan chetlatilgan edi. Obameyang milliy terma jamoa sardori sanaladi.
Gabon bosh murabbiyi futbolchining diskvalifikatsiyasiga qaramay, uni milliy terma jamoaga chaqirganini aytdi. Biroq, futbolchi klubdagi faoliyatiga eʼtibor qaratishni istayotganini aytib, chaqiruvni rad etdi.
Oʻzbekiston va Gabon oʻrtasidagi oʻyin 27 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boʻlib oʻtadi.
Shuni taʼkidlash kerakki, Obameyang ilgari "Barselona" safida oʻynagan. U shuningdek, Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublarida ham maydonga tushgan. 36 yoshli hujumchi hozirda "Olimpik Marsel" (Fransiya) jamoasida oʻynaydi.
