platina.uz
Iqtisod

Banklar tomonidan hujjatsiz sotiladigan valyuta miqdorini 500 dollargacha oshirish taklif etildi

Amalda bu chegara 100 AQSh dollariga teng. Banklarda mijozlarni aniqlash va tekshirish tartibi sezilarli darajada kengaytiriladi. 

Banklar tomonidan hujjatsiz sotiladigan valyuta miqdorini 500 dollargacha oshirish taklif etildi

Oʻzbekistonda bankdan naqd AQSh valyutasini sotib olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladigan chegara 100 dollardan 500 dollargacha oshirilishi mumkin.

Markaziy bank bu haqdagi hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi. Loyiha bugun, 25 mart kuni taqdim etilgan.

Hujjatga koʻra, tijorat banklari ekvivalenti 500 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasini sotib olayotgan jismoniy shaxslarni lozim darajada tekshirishini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda. Amalda bu chegara 100 AQSh dollariga teng.

Bundan tashqari, yana bir holatda mijozni lozim darajada tekshirish (amalda – identikatsiya qilish) talabiga oʻzgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Loyihaga koʻra, banklarda mijozlarni aniqlash va tekshirish tartibi sezilarli darajada kengaytiriladi. Endilikda mijozlar biometrik pasport, ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi orqali identifikatsiya qilinadi, raqamli identifikatsiya mexanizmlari esa keng joriy etiladi. Yuridik shaxslar boʻyicha esa ularning mulkchilik va boshqaruv tuzilmasini chuqur oʻrganish majburiy boʻladi.

Pul oʻtkazmalari ustidan nazorat ham kuchaytiriladi. Xususan, 25 baravar bazaviy hisoblash miqdoridan yuqori operatsiyalar boʻyicha joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi toʻliq maʼlumotlar talab etiladi hamda tranzaksiyalarni toʻliq kuzatish tizimi joriy etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid