1 apreldan Toshkent viloyatida chiqindi tariflari oshiriladi
Ayni damda hududda bir jismoniy shaxs uchun chiqindi toʻlovi 7840 soʻmni tashkil etadi. Yangi narx esa salkam 11 ming soʻmga yetadi.

1 apreldan Toshkent viloyatida chiqindi tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida aytiladi.
Qaror 2026 yil 24 mart kuni eʼlon qilindi.
Ayni damda hududda bir kishi uchun chiqindi toʻlovi 7840 soʻmni tashkil etadi (yangi narx 10 864 soʻm). Yuridik shaxslar uchun bu miqdor 97 316 soʻm boʻladi (hozirda 82 880 soʻm).
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Xudayberganov, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari O.Tursunov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Sh.Mahmudov zimmasiga yuklanishi belgilangan.
Avvalroq Qashqadaryoda chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar belgilangandi.
