Toshkentda magistral issiqlik tarmoqlari sinovdan oʻtkaziladi
Shu sababli 24 martdan 31 martgacha poytaxt boʻylab issiq suv taʼminoti qisqa muddatga oʻchiriladi.

Toshkentda magistral issiqlik tarmoqlarini sinovdan oʻtkazish ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
2026 yil 24 martdan 1 mayga qadar magistral issiqlik tarmoqlarini sinovdan oʻtkazish ishlari (yuqori bosim ostida mexanik mustahkamlik va zichlikka sinash) olib boriladi.
Sinovdan koʻzlangan maqsad xalqaro xavfsizlik standartlari asosida isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, nuqsonlarni aniqlash va qishda barqaror issiqlik yetkazib berishni taʼminlash sifatida koʻrsatilgan.
Haydovchilar, piyodalar hamda maʼmuriy va turar joy binolarida boʻlgan shaxslardan eʼtiborli boʻlishlarini va ehtiyot choralariga rioya qilishlarini soʻralgan.
Suv uzatish grafigi:
- Mart oyida (24 martdan 31 martgacha): sinovlar issiq suv taʼminotini qisqa muddatga oʻchirgan holda oʻtkaziladi.
- Aprel oyida (1 apreldan 1 maygacha): sinovlar issiq suv taʼminotini oʻchirmagan holda oʻtkaziladi.
Tumanlar va hududlar boʻyicha manzillar va sanalar ushbu havolada toʻliq keltirilgan.
