Toshkent va Atirau oʻrtasida yangi reys yoʻlga qoʻyiladi
Parvozlar haftasiga ikki marta, dushanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

29 martdan boshlab "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasi Toshkent va Qozogʻistonning Atirau shahri oʻrtasida yangi reysni ishga tushiradi.
Bu haqda Qozogʻiston transport vazirligi maʼlum qildi.
Parvozlar haftasiga ikki marta, dushanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Vazirlik yangi yoʻnalishning ishga tushirilishi Qozogʻiston va Oʻzbekiston aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida 2025 yil avgust oyida erishilgan kelishuvlar natijasi ekanligini taʼkidladi. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, xalqaro yoʻnalishlarni kengaytirish va parvozlar chastotasini oshirish ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda.
Yangi reys xizmatini ishga tushirish ikki mamlakat oʻrtasidagi biznes aloqalari, savdo va turizmni rivojlantirishga yordam berishi kutilmoqda.
