platina.uz
Siyosat

Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti

23-29 mart kunlari esa madaniy aloqalarni mustahkamlash va tajriba almashishga bagʻishlangan "Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari" boʻlib oʻtadi. 

Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Oʻzbekistonga kelishi kutilyapti.

Ikki oʻrtada oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, 23-29 mart kunlari Toshkent va Samarqandda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va tajriba almashishga bagʻishlangan "Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari" boʻlib oʻtadi.

Tadbirlar doirasida uch avlod uchrashuvlari va yozuvchilar, shoirlar, rassomlar va ziyolilar adabiy va madaniy meros hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladigan "Navroʻzi olam" davra suhbatlari boʻlib oʻtadi.

"Tojik kinosi kunlari" dasturi doirasida "Qamoqdagi baliq", "Haqiqat izida", "Hayot goʻzal" va "Joʻra sarkor" kabi badiiy filmlar namoyishi oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Tojikiston rassomlari ishtirokidagi "Doʻstlik oqshomi" gala-konserti, Tojikiston ijodiy guruhlarining chiqishlari, tasviriy sanʼat koʻrgazmalari va teatrlashtirilgan tomoshalar rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid