platina.uz
Jamiyat

Prokuratura departamenti soxta xodimi qoʻlga olindi

U fuqaroni shartnoma asosida harbiy xizmatga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yoʻli bilan 1000 AQSh dollari talab qilgan. 

Prokuratura departamenti soxta xodimi qoʻlga olindi

Surxondaryoda departament soxta xodimi uushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, fuqaro X.I. oʻzini goʻyoki Departament organlarida ishlaganligini aytib, DXX Chegara qoʻshinlarida xizmat qiluvchi mansabdor shaxslar bilan yaqin aloqalari mavjudligini bildirgan. U ariza muallifi M.Q.ni shartnoma asosida harbiy xizmatga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yoʻli bilan 1000 AQSh dollari talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 21 mart kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. ariza muallifidan talab qilingan 1000 AQSh dollari miqdoridagi, yaʼni 12 200 000 soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Oʻrganishlar davomida qoʻlga olingan fuqaro X.I. davlat idoralarida, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlarida ishlamaganligi aniqlandi.

Avvalroq kartoshka orasiga yashirilgan 72 kg narkotik fosh etilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid