Oʻzbekistonda avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgilarini olishda yangi mobil ilova ishga tushdi
Mamlakatimizda haydovchilar uchun qulaylik yaratish va sohani raqamlashtirish maqsadida davlat raqam belgilarini tanlash va xarid qilish boʻyicha yangi AvtoRaqam mobil ilovasi ishga tushirildi.

Mamlakatimizda haydovchilar uchun qulaylik yaratish va sohani raqamlashtirish maqsadida davlat raqam belgilarini tanlash va xarid qilish boʻyicha yangi AvtoRaqam mobil ilovasi ishga tushirildi.
Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur ilova orqali oʻzlariga maʼqul kelgan raqamlar kombinatsiyasini real vaqt rejimida kuzatib borishlari mumkin.
Yangi tizimning asosiy afzalliklari:
- Tezkorlik va shaffoflik: Raqamlarning mavjudligini onlayn tekshirish va mos keladigan kombinatsiyani zudlik bilan band qilish imkoniyati;
- Qulay toʻlov: Xarid uchun toʻlovlarni masofaviy tarzda, qulay elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin;
- Shaxsiy nazorat: Barcha jarayonlar va ariza holatini ilovadagi shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali davlat raqam belgilarini sotish boʻyicha auksionlar hamda «chiroyli» raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish amaliyoti bekor qilingan edi.
Foydalanuvchilar «AvtoRaqam» mobil ilovasini App Store va Play Market platformalaridan yuklab olishlari mumkin.
