Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Natijada 60 nafardan oshiq kishi halok boʻlgan, ularning katta qismi oddiy askarlardir.

Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi. Natijada 60 dan ortiq odam halok boʻldi.
Fojia 23 mart kuni mamlakat janubida sodir boʻldi. Samolyot mintaqadagi qoʻshinlarni almashtirish doirasida 27-brigada askarlarini tashiyotgan edi.
Kolumbiya qurolli kuchlari qoʻmondoni general Hugo Alejandro Lopes Barreto halokatda 66 kishi qurbon boʻlganini tasdiqladi. Toʻrt kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanadi.
AFP agentligi ham harbiylar orasidagi manbasiga tayanib, qurbonlar soni 66 kishini tashkil etayotgani haqida xabar bergan: ularning 58 nafari askarlar, olti nafari harbiy-havo kuchlari harbiylari va ikki nafari politsiyachilar boʻlgan.
Puerto-Legisamoda Kolumbiya harbiy-dengiz floti bazasi joylashgan boʻlib, shu tufayli harbiy boʻlinma voqea joyiga tezda yetib kelishga hamda jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan.
Avariyaning dastlabki sababi samolyotni boshqarishda qiyinchiliklardir. Parvozdan soʻng, samolyot balandlikni toʻgʻri koʻtara olmagan.
