Kim Chen In: Shimoliy Koreya abadiy yadroviy davlat boʻlib qoladi
KXDR yetakchisi "dushmanlarning barcha provokatsion harakatlariga qarshi agressiv kurash olib borilishini" eʼlon qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Oliy Xalq Assambleyasi sessiyasida mamlakat abadiy yadroviy davlat boʻlib qolishini eʼlon qildi.
"Respublika hukumati oʻzining yadroviy maqomini mutlaqo qaytarib boʻlmaydigan darajada mustahkamlashda davom etadi.
Bizga qarshi boʻlgan kuchlarning barcha provokatsion harakatlarini bostirish uchun agressiv kurash olib boramiz", dedi Kim Chen In.
Shimoliy Koreya yetakchisining soʻzlariga koʻra, mamlakat rasmiylari mamlakatning mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda mustahkamlash hamda "mamlakatni qalʼaga aylantirishda" davom etadi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Pxenyan "mintaqadagi xavfsizlik va tinchlikning oʻz kafolatlari uchun" kuchli kudrat namoyish qilishi kerak.
Bundan tashqari u Janubiy Koreyani "mamlakatning eng ashaddiy dushmani" deb atadi.
Eslatib oʻtamiz, Kim Chen In KXDRning 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasida asosiy nutq soʻzladi. 23 mart kuni assambleya Kim Chen Inni Shimoliy Koreya Davlat ishlari boʻyicha rais etib qayta sayladi.
