platina.uz
Jamiyat

Kartoshka orasiga yashirilgan 72 kg narkotik fosh etildi

Ushbu katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiyaga olib ketilayotgan boʻlgan.

Kartoshka orasiga yashirilgan 72 kg narkotik fosh etildi

Kartoshka koʻrinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi.

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yashovchi, 2001 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi Afgʻonistondan “Termiz-avtomobil yoʻli” xalqaro oʻtkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXXning Chegara qoʻshinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi maʼlum boʻldi. Ushbu qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sinchkovlik bilan tekshirilganda esa, ularning orasiga xuddi kartoshka koʻrinishida yasalgan 222 dona boʻlakdan iborat, jami 72 kg 300 gr “gashish” moddasi yashirilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasiga olib ketilayotgan boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid