platina.uz
Jamiyat

Jahon banki Oʻzbekistonga 200 mln dollar ajratadi

Mablagʻ transport infratuzilmasiga sarflanadi. Qariyb 180 ta koʻprik va drenaj inshootlari quriladi yoki rekonstruksiya qilinadi. 

Jahon banki Oʻzbekistonga 200 mln dollar ajratadi

Jahon banki transport infratuzilmasini rivojlantirish va isloh qilish uchun Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratadi.

Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatidagi M-41 avtomagistralining 91 km qismi qayta quriladi: yoʻl ikki polosalidan toʻrt polosaligacha kengaytiriladi, yoʻl qoplamasi yangilanadi, harakat xavfsizligi yaxshilanadi.

Qariyb 180 ta koʻprik va drenaj inshootlari quriladi yoki rekonstruksiya qilinadi.

Mablagʻlar shuningdek, multimodal transport strategiyasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston temir yoʻllari tizimini isloh qilish uchun ham ishlatiladi.

Avval Jahon banki Oʻzbekistonga 10,6 million dollarlik grant ajratishi maʼlum boʻlgandi. Mablagʻ eskirgan gaz transporti infratuzilmasidagi kamchiliklarni toʻgʻrilash va uy xoʻjaliklari, sanoat korxonalari uchun tabiiy gazni tejashga yoʻnaltiriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid