platina.uz
Siyosat

TIV mulozimi koʻrfaz davlatlarining Oʻzbekistondagi vakillari bilan uchrashdi

Ular asosiy mintaqaviy masalalar, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

TIV mulozimi koʻrfaz davlatlarining Oʻzbekistondagi vakillari bilan uchrashdi

Bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Kuvaytning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Koʻrfaz arab davlatlari oʻrtasidagi har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar asosiy mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid