platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis qoʻlga olindi

Hokim yordamchisi fuqarodan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga pul soʻragan. 

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis qoʻlga olindi

Hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassisga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs 1983 y.t. fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida hokim yordamchisi 1000 AQSh dollarini shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berishi kerakligi maʼlum boʻlib, tezkor tadbir davom ettirildi va u ham ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid