Kim Chen In Shimoliy Koreya yetakchiligiga qayta saylandi
Pxenyanda 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Kim Chen In Shimoliy Koreya yetakchiligiga qayta saylandi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda ochilgan 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasida KXDR Davlat ishlari boʻyicha rais etib qayta saylandi. Bu haqda Ryonxap agentligi Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalariga asoslanib xabar berdi.
"Kim Chen In 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasining birinchi kunida KXDR Davlat ishlari boʻyicha rais etib qayta saylandi", deyiladi xabarda.
Ryonxap agentligining taʼkidlashicha, sessiya davomida Kim Chen Inning eng yaqin sheriklaridan biri sifatida tanilgan Cho Yong-von Choye Ryong-xe oʻrniga Oliy Xalq Assambleyasi Doimiy qoʻmitasi raisi etib saylangan.
Avval Shimoliy Koreyadagi saylovlarda 99,99 foiz ishtirokchi qatnashgani xabar berilgandi.
