platina.uz
Jamiyat

DXX Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimini ushladi

Ular shaxsiy boylik orttirish maqsadida qarzdor fuqarodan ijro ishini tugatish evaziga 20 mln soʻm olib, undiruvchi fuqaroga 14 mln soʻm berib, tilxat yozdirib olishgan. 

DXX Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimini ushladi

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qoʻlga olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman boʻlimi 2 nafar davlat ijrochisining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining 2021 yil dekabr oyidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor shaxsdan undiruvchi fuqaro foydasiga 30 mln soʻm miqdorida moddiy va maʼnaviy zarar undirish belgilangan boʻlib, u mazkur davlat ijrochilaridan birining ish yurituvida boʻlgan.

Shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan davlat ijrochilari qarzdor fuqarodan ijro ishini tugatish evaziga 20 mln soʻm olib, undiruvchi fuqaroga goʻyoki qarzdor ogʻir sharoitda ekanligini roʻkach qilib, pulning 14 mln soʻm qismini berishgan hamda undan 30 mln soʻm olganligi va daʼvosi yoʻqligi toʻgʻrisida tilxat yozdirib olishgan.

Soʻngra ular qolgan 6 mln soʻmni tuman prokuraturasi binosi oldida oʻzaro 3 mln soʻmdan taqsimlab olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur MIB davlat ijorchilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis qoʻlga olingandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid