Toshkentdagi markaziy koʻcha 15 kunga yopiladi
Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yoʻllari ham vaqtincha berk boʻladi.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026 yil 23 martdan 7 aprelgacha Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri boʻylab vaqtincha yopiladi.
Cheklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh koʻchalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohkoʻchalari chegaralarida joylashgan xiyobon maydonining oʻziga taalluqlidir.

Ishlar davomida piyodalar yoʻlaklari qoplamasini taʼmirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sugʻorish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni koʻkalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Yangilanayotgan sugʻorish tizimi suvdan yanada oqilona foydalanishni hamda mavjud yashil maydonlarni yanada samaraliroq sugʻorishni taʼminlaydi.
Hokimiyatning ishontirishicha, olib borilayotgan ishlar doirasida mavjud birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmaydi. Aksincha, qoʻshimcha koʻchatlar ekish va hududni koʻkalamzorlashtirishni kuchaytirish ishlari koʻzda tutilgan.
Bunda tutash koʻchalarda avtotransport harakati va yoʻl boʻyida toʻxtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi.
Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yoʻllari ham vaqtincha yopiladi.
