platina.uz
Sport

Fabio Kannavaro FIFA Series uchun tarkibni eʼlon qildi

Unda bir qator yangi nomlarni ham koʻrish mumkin. Musobaqa 27 mart kuni boshlanadi.

Fabio Kannavaro FIFA Series uchun tarkibni eʼlon qildi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro FIFA Series musobaqasi uchun tarkibni eʼlon qildi. Unda yangi nomlarni ham koʻrish mumkin.

Ilk bor Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan mazkur musobaqa 27 mart kuni boshlanadi. Shu kuni “Paxtakor” stadionida Venesuela hamda Trinidad va Tobago jamoalari maydonga tushadi. Soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida Oʻzbekiston MTJ Gabonga qarshi oʻynaydi.

30 mart kuni esa ikkinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Musobaqada quyidagi futbolchilar jarohat sabab qatnasha olmaydi: Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullayev, Dilshod Komilov, Ibrohimxalil Yoʻldoshev, Abdulla Abdullayev, Alibek Davronov va Husayn Norchayev.

Oʻzbekiston MTJning tarkibi:

Darvozabonlar: Oʻtkir Yusupov, Abduvoxid Neʼmatov va Botirali Ergashev.

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov, Umarbek Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Behruzjon Karimov, Jahongir Oʻrozov, Farrux Sayfiyev va Muhammadqodir Hamroaliyev.

Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliyev, Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Azizjon Gʻaniyev, Odiljon Hamrobekov, Jamshid Iskandarov va Oston Oʻrunov.

Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev, Alisher Odilov va Sherzod Temirov.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid