platina.uz
Siyosat

Putin Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami bilan tabrikladi

Tabrik matnida ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasi qayd etilgan va ular bilan oʻzaro manfaatli, koʻp qirrali aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan. 

Putin Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga Navroʻz bayrami munosabati bilan tabriklar yoʻlladi.

Tabrik maktublarida ushbu MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasi qayd etilgan va ular bilan oʻzaro manfaatli, koʻp qirrali aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Navroʻz bayrami bilan Eron rahbarlari - Islom Respublikasi Oliy Rahbari Oyatulloh Seyid Mojtaba Husayniy Xomanaiy va Prezident Masud Pezeshkianga ham tabriklar yoʻllangan.

Vladimir Putin Eron xalqiga ushbu qiyin sinovlarni munosib ravishda yengib oʻtishni tiladi va Moskva bu qiyin damlarda Tehronning sodiq doʻsti va ishonchli hamkori boʻlib qolishini taʼkidladi, deyiladi tabrik matnida.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid