YeChL chorak final juftliklari maʼlum boʻldi
"Real" "Bavariya" bilan oʻynasa, PSJ "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.

YeChL chorak final juftliklari maʼlum boʻldi.
UYeFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi chorak finaliga yoʻl olgan barcha 8 ta klub nomi toʻliq aniqlandi.
"Barselona" 1/8 finalning javob bahsida Angliyaning "Nyukasl" jamoasini yirik 7:2 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichga chiqdi.
"Liverpul" esa dastlabki oʻyindagi magʻlubiyatdan (0:1) soʻng, oʻz maydonida "Galatasaroy"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi.
Shuningdek, Madridning "Atletiko" klubi ikki oʻyin natijasiga koʻra "Tottenxem"dan ustun kelgan boʻlsa (5:2, 2:3), "Bavariya" ikkita bahsda ham "Atalanta"ni ayab oʻtirmadi (6:1, 4:1).
Bundan tashqari "Real", "Sporting", "Arsenal" va PSJ jamoalari ham 1/4 final yoʻllanmasiga ega chiqqan.
YeChL 2025/2026 yilgi mavsum 1/4 final juftliklari bilan tanishing:
"Sporting" — "Arsenal"
"Real" — "Bavariya"
"PSJ" — "Liverpul"
"Barselona" — "Atletiko"
Dastlabki oʻyinlar 7 aprel oqshomida oʻtkaziladi.
