platina.uz
Jamiyat

Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi

Isitishni yakunlash 24 martdan boshlanishi rejalashtirilgan. Qaror ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda qabul qilingan. 

Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi

Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi.

Poytaxtda barqaror iliq bahor ob-havosi kuzatilmoqda. Bir necha kundan buyon havo harorati moʻtadil darajada saqlanib turibdi, bu esa markazlashtirilgan isitishga boʻlgan ehtiyojni izchil kamaytirish imkonini beradi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Mavsumni yakunlash toʻgʻrisidagi qaror ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda qabul qilindi. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida kelgusi bayram kunlari issiqlik taʼminoti saqlab qolinadi. Havo haroratining ayni damda barqarorlashganini hisobga olib, shahar isitish davrini rejali yakunlashga oʻtmoqda.

Isitish mavsumini yakunlash 24 martdan boshlanishi rejalashtirilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunday yondashuv turar joy binolarida haroratning keskin oʻzgarishiga yoʻl qoʻymaydi hamda muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlaydi.

Mavsumni yakunlashga oʻtish, shuningdek, kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Aholi bayram kunlarini oila davrasida qulay va xavfsiz oʻtkazishi uchun shahar xizmatlari bayram kunlari ham kuchaytirilgan tartibda ishlashni davom ettiradi. Shu bilan birga, ob-havo sharoiti va issiqlik taʼminoti tizimlarining faoliyati doimiy kuzatib boriladi hamda zarurat tugʻilganda tezkor chora koʻrish uchun shay holat taʼminlanadi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid