platina.uz
Jamiyat

Toshkent yoʻllarida qurilish-taʼmirlash qilishga pullik ruxsatnoma berilishi kutilyapti

Xalq deputatlari shahar kengashining 21-sessiyasiga ushbu masala ham kiritilgan. Sessiya 26 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Toshkent yoʻllarida qurilish-taʼmirlash qilishga pullik ruxsatnoma berilishi kutilyapti

Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllar, yoʻlaklar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obʼektlari, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya va aloqa tarmoqlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obʼektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish tartibi va toʻlov miqdori tasdiqlanadi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yigirma birinchi sessiyasi 2026 yil 26 mart kuni soat 10:00 da chaqiriladi va unda mazkur masala ham koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, kengash sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  • 2030 yilga qadar Oʻzbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasini 2026 yilda amalga oshirish boʻyicha Toshkent shahar kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;
  • Toshkent shahrida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi taʼminlanishi holatini oʻrganish va natijalarini muhokama qilish;
  • Toshkent shahar sport boshqarmasi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalari toʻgʻrisida;
  • Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2026 yildagi ustuvor rejalari toʻgʻrisida;
  • Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini eshitish;
  • Toshkent shahrida oqar suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
  • Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026 yilning 1-choragi davomida oʻz faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishning reja-jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida;
  • Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash;
  • Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026 yildagi qoʻshimcha manbalarini xarajatlarga yoʻnaltirish.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid