MKBANK boshqaruvi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Uchrashuvda yoshlarning kasbiy rivoji, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda malakali kadr boʻlib shakllanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz bordi.

Bugun MKBANK bosh ofisida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda bank boshqaruvi raisi O.Boʻtayev bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarning kasbiy rivoji, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda malakali kadr boʻlib shakllanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz bordi.

Yangi formatdagi ushbu uchrashuvlar professional oʻsish, gʻoyalar almashinuvi va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maydoniga aylanadi.
Bunday uchrashuvlar davomli boʻlib, har payshanba kuni bank boshqaruvi tomonidan joylarda ham yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
