platina.uz
Jamiyat

Faxriy jurnalistlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbirga jurnalistika sohasining faxriylari, turli yillarda televideniye, radio, matbuot nashrlarida va axborot siyosati yoʻnalishida faoliyat yuritgan arboblar, pedagoglar taklif etildi. 

Faxriy jurnalistlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamkorligida Prezidentning shu yil 6 martdagi “2026 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga jurnalistika sohasining faxriylari, turli yillarda televideniye, radio, matbuot nashrlarida va axborot siyosati yoʻnalishida faoliyat yuritgan ustozlar, pedagoglar taklif etildi.

Ustoz jurnalistlar Ramazon hayiti va Navroʻz ayyomi munosabati bilan qutlandi ham ularga iftorlik dasturxoni yozildi.

Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov tadbirni ochib, keyingi yillarda davlatimiz rahbari siyosati natijasida “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ulugʻvor tamoyil hayotimizdan chuqur oʻrin egallayotganini, Oʻzbekistonda ijodkorlar qadr topayotganini va jurnalistika sohasi yangi davrni boshdan kechirayotganini taʼkidladi.

Soha faxriylarining bu galgi uchrashuvi oʻziga xos muloqot maydoniga aylandi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston jurnalistikasining bugungi dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashildi. Ommaviy axborot vositalari jamiyat va davlat oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini bajarib, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini taʼminlashda muhim institut sifatida tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori, senator Abdusaid Koʻchimov, Oʻzbekiston faxriylarining “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Oʻzbekiston xalq artisti Galina Melnikova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xurshid Doʻstmuhammad, faxriy jurnalistlar - Toʻlqin Qozoqboyev, Nasiba Ibrohimova, “Ishonch” gazetasi bosh muharriri, senator Husan Ermatov Oʻzbekistonda bugun ijod uchun, soʻz erkinligi va ommavi yaxborot vositalari rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilganini, jurnalistika sohasida tub oʻzgarishlar sodir boʻlayotganini taʼkidlashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston jurnalistlari uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va jurnalistika sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida Uyushmaning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha fikr-mulohazalar ham bildirildi.

Xususan, “Ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirish, jurnalistlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yosh jurnalistlarning yangi avlodini tarbiyalash, xalqaro hamkorlikni faollashtirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid