platina.uz
Jamiyat

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi. 

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Ehson bahonasida terroristik tashkilotlarga pul oʻtkazayotganlar ogohlantirildi. Bu haqda IIV maʼlumot berdi.

Jumladan, internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, Qirgʻiziston fuqarosi Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

2016 yildan buyon Suriyada boʻlib turgan ushbu shaxsga Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari qidiruv eʼlon qilgan.

Bundan tashqari Janubiy Koreyada ham Oʻzbekiston fuqarosi Gʻazoga yordam bahonasida terroristik tashkilot uchun pul yigʻayotgani aniqlandi. Shunga oʻxshash oʻnga yaqin holat aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 155-moddasi boʻyicha ish ochilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid