platina.uz
Jamiyat

"Afrosiyob" poyezdining yangi yoʻnalishi ochildi

Endi elektropoyezd haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yoʻnalishida ham harakatlanadi. 

"Afrosiyob" poyezdining yangi yoʻnalishi ochildi

“Afrosiyob” elektropoyezdlari yangi yoʻnalishda harakatlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

2026 yil 27 martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yoʻnalishida qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

Mazkur qatnovlar yoʻlovchilarga qulaylik yaratish hamda hududlar oʻrtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

“Toshkent — Shahrisabz” yoʻnalishida Toshkent shahridan poyezd soat 06:33 da harakatlanadi.

“Shahrisabz — Toshkent” yoʻnalishida Shahrisabz shahridan poyezd soat 16:24 da harakatlanadi.

Chiptalarni rasmiy savdo kassalari hamda onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid