Toshkentda sovuq suv jadval asosida oʻchiriladi
Bunga suv quvurlari va tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib borilishi, shuningdek 2026 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik sabab sifatida keltirilgan.

Toshkentda sovuq suv rejali tarzda oʻchiriladi. Bu haqda "Toshkent suv taʼminoti" xabar berdi.
Rejali profilaktika ishlari munosabati bilan suv quvurlari va tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib borilishi, shuningdek 2026 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtda ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi yoki vaqtincha oʻchiriladi.
"Toshkent shahar suv taʼminoti" maʼlum qilishicha, bir kunlik oʻchirishlar 30 martdan 13 maygacha poytaxt tumanlarida rejalashtirilgan.
Ichimlik suvi bosimi pasaytirilishi va oʻchirilish jadvali bilan mazkur havolada toʻliq tanishish mumkin.
Suv boʻlmagan hududlarga avtosuv tashuvchi mashinalar yuboriladi. Maʼlumot uchun telefon raqamlari:
• Markaziy dispetcherlik xizmati: 71 256-10-95, 71 252-60-08; 1054;
• Mirzo-Ulugʻbek tumani: 71 266-39-53;
• Olmazor tumani: 71 246-99-57;
• Uchtepa tumani: 71 274-83-45;
• Yashnobod tumani: 71 293-44-32;
• Yunusobod tumani: 71 235-25-64;
• Sergeli tumani: 71 258-96-32;
• Bektemir tumani: 71 295-16-28;
• Chilonzor tumani: 71 277-98-71;
• Shayxontohur tumani: 71 273-52-39;
• Yakkasaroy tumani: 71 255-05-50;
• Mirobod tumani: 71 292-02-78;
• Yangihayot tumani: 71 258-36-42.
