platina.uz
Jamiyat

Shavkat Umrzoqov 28 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ ajratish boʻyicha qaror imzoladi

Pul Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan "Oʻztransgaz"ga yangi gaz tarmogʻi qurish uchun beriladi. 

Shavkat Umrzoqov 28 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ ajratish boʻyicha qaror imzoladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov mablagʻ ajratish boʻyicha qaror imzoladi.

Toshkent shahar hokimi 2026 yil 18 mart kuni gaz taʼminoti infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan "Oʻztransgaz" AJga 28,2 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Ajratilgan mablagʻ "Toshkent issiqlik elektr stansiyalari" AJ ehtiyojlari uchun moʻljallangan boʻlib, loyiha doirasida 12,5 kilometr uzunlikdagi yangi gaz tarmogʻi quriladi hamda mavjud tarmoqlar demontaj qilinadi.

Qaror Toshkentni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasini tashkil etish va uning infratuzilmasini rivojlantirishga oid hukumat hujjatlariga muvofiq qabul qilingan.

Mablagʻlarning maqsadli sarflanishi "Oʻztransgaz" tomonidan taʼminlanadi, moliyalashtirish jarayoni esa Gʻaznachilik xizmati orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan nazorat oʻrnatilib, ajratilgan mablagʻlar boʻyicha hisobot xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga taqdim etiladi. Mutaxassislar fikricha, mazkur loyiha poytaxtdagi sanoat va energetika obʼektlarini barqaror gaz taʼminoti bilan taʼminlash hamda investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid