Ramazon hayiti 20 mart sanasiga toʻgʻri keladi
Musulmonlar idorasining bu yilgi Ramazon hayiti 20 mart – juma kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilingan.

Ramazon hayiti 20 mart sanasiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Mazkur qarorga koʻra, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining bu yilgi Ramazon hayiti 20 mart – juma kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.
Mamlakatimizda 2026 yil 20 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan.
Xususan, 20, 21 va 22 mart kunlari barcha uchun dam olish kuni boʻladi.
23 mart, dushanba kuni esa – haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun dam, 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni sanaladi.
