Prezident bugun Samarqandga tashrif buyuradi
Ikki kunlik safar davomida sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev iftorlikda qatnashgandi.
