platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilish 2026 yil 29 aprel kuniga belgilangan. 

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.

Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 18 martdagi yigʻilishi yakunlari maʼlum qilindi.

Unga koʻra, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.

Ayrim oziq-ovqat narxlari oshishi hisobiga inflyatsiya pasayishi sekinlashdi, bazaviy inflyatsiya esa oshdi: fevralda umumiy inflyatsiya yillik 7,3 foizni, bazaviy inflyatsiya 6,3 foizni tashkil etdi.

Inflyatsion kutilmalar: aholi 11,2 foiz, tadbirkorlar 10,8 foiz.

Yalpi talab hisobiga iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanmoqda, xususan yanvarda: chakana savdo 14,7 foizga, ulgurji savdo 15,6 foizga, umumiy ovqatlanish 18,9 foizga, sanoat 7,8 foizga, xizmatlar 14,8 foizga va qurilish 9,2 foizga oʻsdi.

Geosiyosiy keskinliklar kuchayishi global taʼminot uzilishlari, energiya va oziq-ovqat narxlari hamda logistika xarajatlari oshishiga olib kelib, import orqali ichki inflyatsiyaga qoʻshimcha bosim yaratishi mumkin.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani oʻrta muddatda 5 foizlik maqsadli darajagacha pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan boʻlib qoladi.

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2026 yil 29 aprel kuniga belgilangan.

Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 13 foizgacha tushirishi mumkinligi aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid