platina.uz
Iqtisod

Eskrou tizimi boʻyicha komissiyalar haqida maʼlumot berildi

Koʻchmas mulk boʻyicha komissiya bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan oshmaydi (206 000 soʻmgacha). 

Eskrou tizimi boʻyicha komissiyalar haqida maʼlumot berildi

Markaziy bank 1 apreldan boshlab eskrou tizimi orqali amalga oshiriladigan bitimlar boʻyicha xizmatlar uchun komissiyalar haqida axborot berdi. Jumladan:

Koʻchmas mulk boʻyicha: komissiya bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan oshmaydi (yaʼni 206 000 soʻmgacha).

Avtotransport vositalari boʻyicha: komissiya bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizidan oshmaydi (yaʼni 103 000 soʻmgacha).

Muhim jihat: agar xaridor va sotuvchiga bitta bankda xizmat koʻrsatiladigan boʻlsa — komissiya faqat bir marta olinadi.

Agar ular turli banklarda boʻlsa — har bir bank komissiyaning yarmidan oshmagan qismini oladi.

Agar bitim amalga oshmasa yoki bekor qilinsa — eskrou hisobvaragʻidagi mablagʻ xaridorga qaytariladi.

Muhim: Ushbu belgilangan maksimal komissiyalar faqat davlat ulushi mavjud tijorat banklarida amal qiladi.

Boshqa tijorat banklarida esa komissiya miqdori bankning ichki tarif siyosatiga muvofiq belgilanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid