platina.uz
Jamiyat

Toshkentda "vaʼdasining ustidan chiqmagan" FVB xodimi ushlandi

U Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yongʻinga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berish evaziga pul soʻragan. 

Toshkentda "vaʼdasining ustidan chiqmagan"  FVB xodimi ushlandi

Toshkent shahrida FVB xodimining noqonuniy harakati fosh qilindi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasining Yunusobod tuman boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boʻlimi inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yongʻinga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berishni vaʼda qilgan. U joriy yilning fevral oyida MChJ rahbaridan 6,5 mln soʻm olgan.

Biroq, u turli bahonalar bilan vaʼdasini bajarmasdan kelganligi sababli, fuqaro undan pullarini qaytarishni talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri mansabdori pora bilan ushlangandi.

U “Beruniy-Toʻrtkoʻl” A380-sonli magistral yoʻl qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid