platina.uz
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi rasmiy ochilishida qatnashdi

Davlat rahbari islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi. 

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi rasmiy ochilishida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi rasmiy ochilishida qatnashdi.

Shuningdek, davlat rahbari islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi — Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy, ilmiy va taʼlim kompleksi. Umumiy maydoni 45 000 m² atrofida, 10 gektar yerda qurilgan uch qavatli zamonaviy majmua. Uning toʻrt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, oʻrtada 65 metrli gumbaz qurilgan.

Arxitekturasi oʻrta asrlar Markaziy Osiyo uslubini (Registon ansamblidan ilhomlangan portallar, naqshlar) zamonaviy texnologiyalar (interaktiv panellar, LED-ekranlar, raqamli avatarlar) bilan uygʻunlashtirgan. Markaz muzey, ilmiy-tadqiqot instituti, kutubxona, milliy arxiv, anʼanaviy hunar markazlari, konferens-zallar va taʼlim boʻlimlarini birlashtiradi.

Bir vaqtning oʻzida 266 nafar foydalanuvchiga xizmat koʻrsata oladigan ushbu kutubxona respublikadagi eng katta sigʻimga ega ilmiy axborot markazlaridan biridir. Kutubxona fondi 350 ming bosma kitobga moʻljallangan.

Elektron baza esa 10 million resursni qamrab olish imkoniyatiga ega. Xalqaro ilmiy jurnallar va taʼlim platformalariga obuna yoʻlga qoʻyilgan, xorijiy kutubxonalar bilan mushtarak raqamli maydon yaratilgan.

Yosh farzandli tadqiqotchilar uchun alohida bolalar xonasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar yaratilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon miqyosida bir qator nufuzli eʼtiroflarga sazovor boʻlib, global ilmiy va madaniy maydondagi nufuzini tobora mustahkamlamoqda.

2025 yilda Markaz Yevropaning nufuzli mukofotlaridan biri Prix Avicenne mukofotiga loyiq deb topildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid