platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev iftorlikda qatnashdi

Marosimga hududlardagi studiyalar orqali nuroniylar, olimu ulamolar, keng jamoatchilik vakillari ham ulandi.

Shavkat Mirziyoyev iftorlikda qatnashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi.

Marosimga hududlardagi studiyalar orqali nuroniylar, olimu ulamolar, keng jamoatchilik vakillari ulandi. Shuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar aʼzolari, diplomatik korpus namoyandalari, xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.

Tadbir avvalida davlat rahbari butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor chin qalbdan tabrikladi.

Ne-ne ajdodlarimizning orzu-niyatlari, armonlari roʻyobga chiqqan mana shunday unutilmas kun bilan, chinakam ilm-maʼrifat bayrami bilan hammangizni chin qalbimdan tabriklayman.

Mamlakatimizning uch ming yillik shonli tarixi va boy madaniyatining, Yangi Oʻzbekiston imkoniyatlarining yorqin koʻzgusi boʻlgan ushbu betakror va buyuk majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak boʻlsin! – dedi Prezident.

Yaqin kelajakda BMT qarorgohida ham Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining taqdimotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid